O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. Shuningdek, Markaziy Osiyo va Xitoy bugungi kunda atmosferaga chang chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda ekani ma’lum qilindi.
Termiz shahri va Surxondaryoning qator tumanlarida chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Viloyat FVB shamol paytida ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
16 may kuni Iroq poytaxti Bag‘dod va bir qator viloyatlarni so‘nggi bir oydagi sakkizinchi chang-qum bo‘roni qopladi. Rasmiylar maktablar, aeroportlar va davlat idoralarini yopib qo‘ydi, minglab kishilar nafas qisishi shikoyati bilan kasalxonalarga murojaat qilishdi.
Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Chorshanba kuni erta tongda poytaxtda iflos qor yog‘di. O‘zgidromet bunga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu inson salomatligiga ziyon yetkazmasligi aytilmoqda.
Changli tuman tarqaldi, lekin hayot sifati va davomiyligi bevosita bog‘liq bo‘lgan havo sifati yaxshilandimi? Daraxtlarni muntazam kesish allaqachon iqtisodiy yo‘qotishlarga ega. Tabiatga g‘amxo‘rlik qilishni boshlash uchun halokatlar va ofatlarni kutish shart emas. Axir gap eng muhim narsa — har birimizning bugungi kundagi hayotimiz haqida bormoqda, deb yozadi iqtisodchi Behzod Hoshimov.
Qum va chang bo‘ronlari qanday paydo bo‘ladi? Ular atrof-muhit, inson salomatligi va iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Qanday ehtiyot choralariga amal qilish zarur va mutasaddilardan qanday choralarni ko‘rish talab etiladi? «Gazeta.uz» JMT, UNEP, JSST va boshqa tashkilotlar ma’lumotlari asosida mavzu yuzasidan sharh tayyorladi.
Payshanba kuni Toshkentni qoplagan chang-qumli tuman hali ham tarqalgani yo‘q va prognozlarga ko‘ra, yaqin kunlarda ham davom etadi. “Gazeta.uz” muxbiri poytaxtning diqqatga sazovor joylaridan Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi binolari, Amir Temur haykali va boshqa joylarni suratga oldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi «Tez yordam» xizmatiga bo‘lgan jami chaqiriqlar soni 3 noyabrdagi 3433 tadan 4 noyabrda 4082 taga yetgani, 678 kishi nafas qisishidan shikoyat qilganini bildirdi. Vazirlik aholiga changli havoda niqob taqish, allergik va astma kasalligi bor bemorlarga tashqariga chiqmaslikni tavsiya qildi.
Kuchli shamol natijasida tuproqning juda quruq usti qatlami ko‘tarilishi payshanba kuni Toshkentda chang-qumli tuman kuzatilishiga sabab bo‘ldi. O‘zgidromet atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshganini ma’lum qildi.
Poytaxtda may oyidan buyon kuzatilayotgan qum va changli bo‘ronlar shaharda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar sababli kelib chiqmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting